61 million AQSH dollariga teng bo'lgan o'zbek gilosi 18 ta xorijiy mamlakatlar bozorlarida sotilmoqda
Davlat statistika qo'mitasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 2020-yil 1-iyul holatiga jami 31,3 ming tonna gilos mevasi eksport qilingan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga qaraganda 14,6 ming tonnaga ko'p.
Qariyb 61 million AQSH dollariga teng bo'lgan gilos mevasi 18 ta xorijiy mamlakatlar bozorlarida sotilmoqda. Bugungi pandemiya sharoitida bu ijobiy holat.
Ushbu mamlakatlar orasida Qozog'iston 16,7 ming tonna (23 million AQSH dollari), Rossiya 9,3 ming tonna (15,8 million AQSH dollari), Qirg'iz Respublikasi 4,7 ming tonna (20 million AQSH dollari) va Koreya Respublikasida 124,3 tonna (496,9 ming AQSH dollari) bilan yuqori ulushga ega bo'ldi.
E'tiborlisi, so'nggi yillarga qaraganda bu yil o'zbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Mongoliya, Ummon, Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20512 | Инструменты