Huawei 2
O'zbekiston aholisining 2,6 foizi to'yib ovqatlanmasligi ma'lum qilindi

Bu haqda Statistika qo'mitasi xabar bermoqda. Xabarga ko'ra, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O'zbekistonda «To'yib ovqatlanmaydiganlar ulushi» ko'rsatkichlari qayta ko'rib chiqilgan.

-Qayta hisoblash natijasida ko'rsatkichlar 2016-2018 yillar uchun 2,8 foiz (0,9 mln. kishi) va 2017-2019 yillar uchun 2,6 foiz (0,8 mln. kishi)ni tashkil etgan.

-Bu ma'lumotlar 2020 yilning 13 iyul kuni bo'lib o'tgan «Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020» (SOFI – 2020) hisoboti onlayn yig'ilishida hamda FAO rasmiy sayti orqali e'lon qilindi.7

-Eslatib o'tamiz, FAO ekspertlari 2019 yilgi (SOFI – 2019) yig'ilishida O'zbekistonning 2016-2018 yillarda to'yib ovqatlanmaydiganlar ulushi ko'rsatkichlarini 6,3 foiz (2,0 mln. kishi) deb e'lon qilgan edi.

-Bu bilan O'zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog'iston (2,1 foiz) va Turkmaniston (5,4 foiz) dan keyin uchinchi o'rinni egallagan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga