Xabar berganimizdek, 2022-yilning 1-oktabr holatiga O'zbekistonning doimiy aholisi soni 35,8 mln kishini tashkil etmoqda. Bunda doimiy aholisi soni eng ko'p bo'lgan hudud Samarqand viloyati bo'lib, u yerda 4 094,6 ming kishi istiqomat qiladi.
O'zbekiston tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hudud esa Navoiy viloyatidagi Gʻozg‘on shahri hisoblanadi. U yerda 900 nafargina inson yashaydi.
Shuningdek, respublikada tug‘ilish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan tuman va shaharlar ham e'lon qilingan.
Davlat statistika qo'mitasi endi tug‘ilish koeffisiyenti eng past bo‘lgan tuman va shaharlar ro'yxatini e'lon qildi,
Unga ko'ra, 2022-yilning 1-oktyabr holatida respublika tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tug‘ilish koeffisiyenti eng past bo‘lgan hudud — Ohangaron shahri bo'lib, u yerda har 1000 aholiga 10,8 ta tug'ilish to'g'ri keladi.
Shuningdek:
— Bo‘zatov tumani – 15,3 ta
— Buxoro tumani – 15,6 ta
— Tomdi tumani – 15,7 ta
— Gʻozg‘on shahri – 15,8 ta
— Kogon tumani – 15,8 ta
— Taxtako‘pir tumani – 16,4 ta
— Shumanay tumani – 16,5 ta
— Qorao‘zak tumani – 16,9 ta
— Boyovut tumani – 16,9 ta
Eslatib o'tamiz, avvalroq 2030-yilga borib O'zbekistonda aholi soni 41 mlndan oshishi haqida xabar bergandik. Shuningdek, O‘zbekiston tug‘ilish ko'rsatkichi bo‘yicha MDH davlatlari ichida birinchi o‘rinda ekanligi ma'lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51501 | Инструменты