O'zbekiston bo'yicha tug‘ilish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan tuman va shaharlar ro'yxati e'lon qilindi

Xabar berganimizdek, 2022-yilning 1-oktabr holatiga O'zbekistonning doimiy aholisi soni 35,8 mln kishini tashkil etmoqda. Bunda doimiy aholisi soni eng ko'p bo'lgan hudud Samarqand viloyati bo'lib, u yerda 4 094,6  ming kishi istiqomat qiladi.

O'zbekiston tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hudud esa Navoiy viloyatidagi Gʻozg‘on shahri hisoblanadi. U yerda 900 nafargina inson yashaydi. 

Shuningdek, respublikada tug‘ilish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan tuman va shaharlar ham e'lon qilindi.

Ma'lum bo'lishicha, 2022-yilning 1-oktyabr holatida respublikamiz tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tug‘ilish koeffisiyenti eng yuqori bo‘lgan hudud bu — Guliston bo'lib, har 1000 aholiga 71,7 ta tug'ilish to'g'ri keladi.

Shuningdek:

— Chiroqchi tumani – 43,6 ta

— Navoiy shahri – 34,1 ta

— Sergeli tumani – 33,1 ta

— Yangiyer shahri – 33 ta

— Payariq tumani – 31,6 ta

— Bandixon tumani – 30,9 ta

— Jizzax shahri – 30,9 ta

— Namangan shahri – 30,9 ta

— Bektemir tumanida esa 30,4 tadan to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 2030-yilga borib O'zbekistonda aholi soni 41 mlndan oshishi haqida xabar bergandik. Shuningdek, O‘zbekiston tug‘ilish ko'rsatkichi bo‘yicha MDH davlatlari ichida birinchi o‘rinda ekanligi ma'lum qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51501 | Инструменты