Kanadaning Arton Capital konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan Passport Index reytingiga koʻra, Birlashgan Arab Amirliklari pasporti 2022-yilda dunyodagi eng kuchli pasportga aylandi.
Reytingni tuzishda Arton Capital pasportlarni ularning egalari qancha davlatga vizasiz tashrif buyurishi yoki mamlakatga kelganida viza olganligiga qarab baholadi.
Ushbu ro'yxat bo'yicha O'zbekiston pasporti 69-o'rinni egalladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston pasporti egalari 28 ta davlatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin, 44 mamlakatda viza kelganda amalga oshirilishi mumkin, 126 ta davlatga esa tashrifni faqat visa bilan amalga oshirishlari mumkin.
Reytingda 69-o'rinda yurtimizdan tashqari yana Gambiya, Tanzaniya, Gana, Qirg’iziston, San-Tome va Prinsipi va Hindiston davlatlari ham bor.
Qayd etilishicha, Gambiya pasporti egalari 43 ta, Tanzaniya pasportini olganlar 42 ta, Gana fuqaroligiga ega insonlar 40 ta, Qirg'izistonliklar 27 ta, San-Tome va Prinsipidagilar 26 ta, Hindistonliklar esa 24 ta davlatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.
Shuningdek, Gambiyaliklar 29 ta, Tanzaniya pasportini olganlar 30 ta, Ganaliklar 32 ta, Qirg'izistonliklar 45 ta, San-Tome va Prinsipidagilar 46 ta, Hindistonliklar esa 48 ta davlatga kelganda viza olishlari mumkin.
Sizga qiziq bo'lishi mumkin:
Butun dunyoda eng ko'p maosh oladigan 10 ta davlat prezidentlari e'lon qilindi
Dunyoning eng boy odami o'zgardi, endi Ilon Mask ikkinchi o'rinda
BBC 2022-yil uchun dunyoning 100 ta eng nufuzli ayollar roʻyxatini eʼlon qildi
2022-yilning eng yaxshi qoʻshiqlari nomi eʼlon qilindi
Time jurnali eronlik ayollarni “Yil qahramonlari” deb topdi
Google 2022-yilning eng yaxshi Android ilovalarini e'lon qildi - ro'yxat
AQSHda dunyodagi eng qimmat dori ro‘yxatdan o‘tkazildi
Xitoy dunyodagi eng katta quyosh radioteleskopining qurilishini yakunladi
Alpha version: 0.9.1.19 build 62317 | Инструменты