Huawei 1
O'zbekiston tashqi savdo aylanmasi 18,2 foiz pasaydi

2020-yilning yanvar-iyun oylari yakuni bo'yicha mamlakat tashqi savdo aylanmasi hajmi e'lon qilindi. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, birinchi yarim yillikda tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.

Pandemiya sharoiti bu yaxshi ko'rsatkichmi yoki yomon?

Agar o'tgan yilning shu davridagi holat bilan taqqoslaydigan bo'lsak, tashqi savdo aylanmasi 3,5 mlrd. AQSH dollari yoki 18,2 foiz pasaygani ma'lum bo'ladi. Odamni hushyorlikka tortadigan yana bir jihat shuki, importning ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Ya'ni tashqi saydo aylanmasi tarkibida eksport 6,3 mlrd. AQSH dollari va import 9,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilgan.

Respublika tashqi savdo aylanmasi saldosi – 3,3 mlrd. AQSH dollariga yetgan ekan, bu 150 dan ortiq davlatlar bilan savdo aloqalari yo'lga qo'ygan mamlakat uchun savdo pozitsiyalarini qayta ko'rib chiqish uchun asos bo'la oladi, nazarimizda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga