“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, O'zbekiston va Germaniya Federativ Respublikasi hukumatlari o'rtasida migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli sheriklik to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2024-yil 15-sentabrda Samarqand shahrida imzolangan.
Shartnomani amalga oshirish uchun, Migratsiya agentligi tashqi mehnat migratsiyasi qismi bo'yicha, Ichki ishlar vazirligi readmissiya qismi bo'yicha mas'ul bo'lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30616 | Инструменты