Huawei 1
Xitoy Pentagondan 10 barobar kattaroq harbiy majmua qurmoqda

Xitoy hukumati maydoni Pentagondan 10 baravar katta bo‘lgan ulkan harbiy majmua qurmoqda. Financial Times (FT) nashrining yozishicha, AQSh razvedkasi jurnalistlar tomonidan olingan sun’iy yo‘ldosh suratlarini tahlil qilib, bu obyekt harbiy boshqaruv markazi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

100 yillik yubileyga tayyorgarlikmi?

AQSh razvedkasiga ko‘ra, Pekin shahridan 30 km uzoqlikda joylashgan ushbu obyekt Xitoyning Xalq-Ozodlik Armiyasi tashkil etilganining 100 yilligi (2027-yil) munosabati bilan qurilayotgan yangi qo‘mondonlik markazi bo‘lishi mumkin.

FT ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish ishlari 2023-yilning o‘rtalarida boshlangan. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari maydoni 6 kvadrat kilometr bo‘lgan ulkan hududda ish olib borilayotganini ko‘rsatmoqda. Suratlardan chuqur qazilgan maydonlar ko‘rinib turibdi, AQSh razvedkasining sobiq va amaldagi mutaxassislari fikricha, bu yerda harbiy rahbariyat uchun maxsus bunkerlari joylashishi mumkin. Ular, ehtimol, harbiy mojarolar, jumladan, yadroviy tahdid holatlarida boshqaruv markazi vazifasini bajaradi.

Maxfiy loyiha: Hech qanday tijoriy obyekt emas

FT tahliliga ko‘ra, bu hududda hech qanday tijoriy yoki turar-joy qurilishi haqida internetda ma’lumot yo‘q. Shuningdek, qurilish maydoni atrofida hech qanday rasmiy qurilish kompaniyasining ofisi yoki belgilari ham ko‘rinmaydi.

Nashr muxbirlari obyekt atrofida harbiylarni uchratmagan bo‘lsa-da, hududda dronlarning parvozi va suratga olish qat’iyan taqiqlanganligi haqida belgilangan yozuvlar bor. Majmua kirish yo‘llarida joylashgan qo‘riqchilar obyektga kirish man etilganini va loyiha haqida ma’lumot berolmasliklarini bildirgan.


Maqola muallifi: D. Jummayeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13120 | Инструменты