Huawei 1
O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha hududlar reytingi eʼlon qilindi

2024-yilda joriy narxlarda hududlarning yalpi hududiy mahsuloti hajmi maʼlum qilindi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi. 

Unda Toshkent shahri 281,1 trillion so‘m bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahri — 281,1 trillion so‘m, Toshkent viloyati — 146,4 trillion so‘m, Navoiy viloyati — 117,3 trillion so‘m, Samarqand viloyati — 99,9 trillion so‘m, Farg‘ona viloyati — 91,3 trillion so‘m, Andijon viloyati — 90,5 trillion so‘m, Qashqadaryo viloyati — 80,7 trillion so‘m, Buxoro viloyati — 71,6 trillion so‘m, Namangan viloyati — 68,9 trillion so‘m, Surxondaryo viloyati — 54,4 trillion so‘m, Xorazm viloyati — 51,3 trillion so‘m, Qoraqalpog‘iston R. — 45,7 trillion so‘m, Jizzax viloyati — 43,1 trillion so‘m, Sirdaryo viloyati — 28 trillion so‘m.  

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 6,5 % ga o‘sgani haqida xabar bergan edik. 2024-yilda aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 39,1 mln so‘mni tashkil etib, 2023-yil bilan taqqoslaganda 4,4 % ga oshgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13120 | Инструменты