O'zbekiston elchixonasi xodimi Yevropa chegara va sohilni qo'riqlash agentligi ("Frontex") tashqi aloqalar bo'limi rahbari Giyom de Rokini-Iran bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Unda Yevropa Ittifoqi bilan ko'p tomonlama munosabatlarning ustuvor yo'nalishlari, xavfsizlik sohasidagi xalqaro tajriba va global miqyosdagi dolzarb tendensiyalar muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
"Frontex" 2004 yilda Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo'lib, Yevropa davlatlari o'rtasida chegara va sohil xavfsizligini ta'minlash, migratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishda muhim o'rin tutadi.
Tomonlar hamkorlikni davom ettirish va o'zaro manfaatli tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22323 | Инструменты