O'zbekistonda oktyabr oyida 85 ming 306 nafar chaqaloq tug‘ildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning oktyabr oyida respublikamizda 85 ming 306 nafar chaqaloq tug‘ilgan.

Shundan eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida — 10 272 nafar, qayd etilgan.

Eng kam tug‘ilish Sirdaryo viloyatida — 1 990 nafar, qayd etilgan.

Oktyabr oyida tug'ilgan o‘g‘il bolalar soni – 44 243 nafar, qiz bolalar soni – 41 063 nafarni tashkil etgan. 

Shuningdek, 2020-2021-o‘quv yili boshida respublikadagi maktablarda jami 6,3 mln. nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Ularning 51,3 % ini o‘g‘il bolalar tashkil etmoqda. O‘quvchilarning  3,1 mln nafariini esa qiz bolalar tashkil qilmoqda.

Ta'kidlash joiz, 2022-yil oktyabr oyida O'zbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 35,8 mln kishiga yetgan. Undan 17,8 mln nafari ayollar, 18 mln nafari erkaklarni tashkil qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51423 | Инструменты