O'zbekistonda 2 oyda mingdan ziyod oilaviy bog'chalar tashkil etildi

2024-yilning may-iyun oylarida O'zbekistonda umumiy hisobda 1 155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi may-iyun oylarida respublika bo‘yicha tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari haqida maʼlumot berdi.

Ushbu muddatda mamlakatda umumiy hisobda 1 155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etilgan. Eng ko‘p bog‘cha Namangan viloyatida ochilgan – 206 ta. Farg‘ona viloyatida 189 ta, Samarqand viloyatida esa 141 ta oilaviy bog‘cha tashkil etilgan.

Ushbu muddatda eng kam oilaviy bog‘cha tashkil etilgan hudud esa Qashqadaryo viloyati – 21 ta. Xorazm viloyatida 22 ta, aholi nisbatan kam yashaydigan hududlar – Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida mos ravishda 37 ta va 63 ta oilaviy bog‘cha ochilgan.

Tumanlar kesimida Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Uychi tumanlari yetakchilik qilgan: ushbu hududlarda mos ravishda 36 ta va 35 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70413 | Инструменты