Huawei 1
O'zbekistonda jonli ijro san’ati yanada rivojlantiriladi

Qonun (O'RQ-1046-son, 11.03.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qonunga ko‘ra, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g'risida”gi qonunga Madaniyat vazirligining jonli ijro san'atini rivojlantirish yo‘nalishidagi vakolatlarini, shuningdek konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasiga qarab musiqiy va boshqa asarlarni ijro etish usullarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g‘risida”gi va “Reklama to’g'risida”gi qonunlarga konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasi haqida axborot berish tartibini belgilovchi o'zgartirishlar kiritilmoqda.

Konsert-tomosha tadbirining dasturida ijrochi va asar mualliflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shartligi belgilandi.

Konsert-tomosha tadbirlarida musiqali va boshqa asarlarni ijro etishda fonogrammadan foydalanish darajasiga qarab, ijrochilar tomonidan quyidagi usullar bilan ijro amalga oshirilishi mumkin:

- jonli ijro;

- fonogrammadan qisman foydalanilgan holda;

- fonogrammadan foydalangan holda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31217 | Инструменты