Huawei 1
O'zbekistondagi 4 ta hududda umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan tegishli choralar ko'rildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallar “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, qo‘mita turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarning qonuniyligini o‘rganib chiqdi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Toshkent, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 3 ta “AYUB TRAVELS TOURS” MCHJ, "BILOLBEK TRAVEL" MCHJ va “Vodiy Siddiq Travel” MCHJ turoperatorlar tomonidan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirilganligi va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari yuzasidan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Shuningdek, Namangan viloyatida yashovchi 6 nafar fuqarolar (Sh.M.Dexqonov, B.B. Badiridinov, A. A. Abdullayev, A. A. G‘offorov, M. I. Avliyayev, U. G‘. Otaboyev) tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali “Umra” ziyorati reklamalarida ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Surxondaryoda litsenziyasiz "Umra" safarini tashkil etgan turfirma jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22206 | Инструменты