Huawei 1
O'zbekistondagi metan "zapravka"larining ish vaqtiga cheklov o‘rnatildi

O‘zbekistonda metan "zapravka"lar ish vaqti bo‘yicha cheklanayotgan soatlar oralig‘i ma’lum qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, respublika hududida 2021 yil 16-18 noyabr kunlari nam va sovuq havo kuzatilib, kechasi -5...-8 daraja, shimoliy hududlarda -12...-15 darajagacha sovuq bo‘lib, shamol tezligi sekundiga 17-28 metrgacha kuchayadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarorining "Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari", 7–bob 58-bandi hamda ulgurji va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risida rasmiylashtirilgan ikki tomonlama shartnoma shartlaridan kelib chiqib, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy qilinadi.

"Bundan maqsad – birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stansiyalarning tabiiy gaz ta’minotida barqarorligini ta’minlashdan iborat", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, vaqtinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko‘tarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKSH tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o‘tadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20105 | Инструменты