Huawei 1
O'zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif etilmoqda

O'zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ish turlari:

− temirchi (арматурщик);
− qolipchi (опалубщик);
− g‘isht teruvchi (каменщик).

Ish vaqti:

umumiy 8 soat va qo‘shimcha to‘lanadigan 2 soat (jami 10 soat)
Dushanba-shanba.

Oylik ish haqi: 950 AQSh dollari.

Nomzodlar uchun talablar:

− 30-45 yosh;
− rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
− sudlanmagan;
− qurilish sohasida tajriba (3-10 yil);
− jismonan sog'lom.

Ish beruvchi hisobidan:

Aviachipta va viza to‘lovi (ishchining oylik maoshidan 3 oy davomida ushlab qolinadi), tibbiy sug‘urta, 3 mahal ovqat, yotoqxona.

Fuqaro hisobidan:

Agentlik xizmati, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, o'qitish va ko'niktirish uchun to'lov.

Tanlov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Tanlov vaqti va joyi haqida ma'lumot ro'yxatdan o'tgan nomzodning xorijdaish.uz platformasidagi akkauntiga yoki telefon raqamiga sms yuboriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101716 | Инструменты