Huawei 1
Toshkentning Yangihayot tumanida savdo-ko‘ngilochar bulvari tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahri hokimligi "Toshkent invest" kompaniyasi bilan birgalikda poytaxt tadbirkorlarini Yangihayot tumanida davlat-xususiy sherikligi (DXSH) asosida jamoat savdo va ko‘ngilochar bulvarini tashkil etish bo‘yicha ekologik loyihada ishtirok etishga taklif qildi.

"Ushbu bulvar — bolalar bilan dam olish, gastronomiya, ko‘ngilochar tadbirlar va shahar hayoti birlashadigan joy", — deyiladi poytaxt hokimligi xabarida. Rejaga ko‘ra, bulvar hudud aholisining sport, savdo-sotiq bilan shug‘ullanishi uchun ham imkoniyat yaratadi.

Loyiha inshootlari yengil konstruksiyalardan quriladi, bu esa investorlar uchun qurilish jarayonini tezlashtiradi, deyiladi xabarda. Dastlabki bosqichda loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- gastronomik hudud: qahvaxonalar, restoranlar, tez tayyorlanuvchi taomlar (fast food) va boshqalar;

- sport hududi: fitnes markazi, basketbol maydonchasi, futbol maydoni va ko‘cha sporti uchun boshqa inshootlar, shuningdek, sport tovarlari do‘konlari;

- savdo hududi: kiyim-kechak do‘konlari, eko bozor va boshqa savdo binolari;

- bolalar ko‘ngilochar hududi: batut markazi, o‘yin maydonchalari va bolalar avtodromi.

Loyiha maydoni 3,1 gektarni, bulvarning uzunligi esa 1 kilometrni tashkil etadi. Rejalashtirilgan konteynerlar (savdo maydonchalarini joylashtirish uchun) 250 ta bo‘ladi.

Hokimlikning qayd etishicha, obyekt davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investorga uzoq muddatli ijaraga berilishi mumkin.

Manzil: Yangixayot tumani, Sergeli-8 turar joy massivi, Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab (4R21).

Loyihaning dastlabki konsepsiyasi allaqachon ishlab chiqilgan bo‘lib, uni "Toshkent invest" kompaniyasi bilan bog‘lanish orqali ko‘rish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101718 | Инструменты