Huawei 1
Germaniya O‘zbekistonga grant mablag‘lari ajratadi

Germaniya O‘zbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimi va tibbiyot muassasalarini modernizatsiya qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, suv taʼminoti tizimini takomillashtirish loyihalariga imtiyozli va grant mablag‘lari ajratadi.

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning joriy yil 14-15 oktyabr kunlari Berlindagi muzokaralari yakunida shunga doir kelishuvlarga erishilgan.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, L.Qudratov Germaniya federal kansleri maslahatchisi Sh.Meyer, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha federal vazirlik davlat kotibi N. Annen, KfW IPEX-Bank va Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi rahbarlari bilan uchrashgan.

Tashrif davomida modernizatsiya jarayonlari, innovatsiyalar joriy etilishi, eksport, korporativ va savdo yo‘nalishlaridagi loyihalarni suveren bo‘lmagan moliyalashtirish to‘g‘risida bitim ham imzolandi.

Taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, o‘zbekistonlik mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish va kelgusida Germaniya korxonalarida ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kelishib olingan.

Bundan tashqari, Germaniyaning Edison Technologies, AMK Global, GessCon, Aurubis, HMS Bergbau, Hypercon Solutions, Binz Automotive, Ernst Klett, Siemens Healthineers, Rhenus Group, Linde, ITEL kabi yirik kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.

Kimyo sanoati, geologiya, tibbiyot buyumlari va quyosh panellari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish, qurilish materiallari, uglerod tolasi, zamonaviy logistika markazlarini yaratish kabi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101718 | Инструменты