Huawei 1
Microsoft: Shimoliy Koreya xakerlari yadroviy dastur uchun 3 mlrd dollar o‘g‘irladi

Shimoliy koreyalik xakerlar 2017-yildan beri qariyb 3 milliard dollarlik kriptovalyutalarni o‘g‘irladi. Microsoft kompaniyasi 2024-yilgi kiberxavfsizlik hisobotida bu haqda ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘g‘irlangan pullar Pxenyan yadroviy dasturini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. Microsoft ushbu mablag‘lar KXDRning yadro qurolini ishlab chiqish xarajatlarining yarmidan ko‘pini qoplaganini ta’kidladi. Birgina 2023-yilda 600 milliondan 1 milliard dollargacha mablag‘ o‘g‘irlangan.

Shuningdek, Microsoft 2023-yildan beri bir nechta shimoliy koreyalik yangi xakerlar guruhi tuzilganini aniqlagan. 

Ularning soni ortishi Kim Chen In rejimining tovlamachilik bilan bog‘liq xakerlik faoliyatidagi ishtirokini kengaytirayotganidan darak berishi mumkin, deydi tahlilchilar.

Microsoft kompaniyasi ta’kidlashicha, KXDRdan tashqari, Rossiya, Xitoy va Eron guruhlari ham xakerlik sohasida faol harakat qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101718 | Инструменты