Huawei 1
Toshkentda O'zbekiston–Kuvayt biznes-forumi va B2B formatidagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi

Avval ma'lum qilganimizdek, Kuvaytning yetakchi ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya amaliy safar bilan O'zbekistonda bo'lib turibdi

Kuvayt delegatsiya tarkibida "Kuwait Investment Co.", "KAMCO Investment Co.", "Alkandari General Trading Co.", "Alsalam Aloula Group", "Unique Goods", "Unique Co. for public trading", "Zenith Business Solution", "Sky Logistics Gen. Trading Co." va "Golden Carpet" singari yetakchi kompaniyalari rahbarlari va vakillari yurtimizga kelgan.

Tashrif doirasida kecha poytaxtimizda O'zbekiston–Kuvayt biznes-forumi hamda V2V formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Dilshod Rasulov, Kuvayt Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Ahmad Mansur Halaf Al Alaj va boshqalar ma'ruza qildilar. Shuningdek, mamlakatimizning vazirlik va idoralari vakillari O'zbekiston hamda Kuvayt investitsion salohiyati va savdo-iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish bo'yicha tadbirkorlikning keng istiqbollari namoyish etilgan taqdimotlar bilan qatnashdi.

Forum yakunlari bo'yicha, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o'rtasida B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Shu bilan birga, hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, kuvaytlik biznes doiralari vakillari forum davomida tashkil etilgan "Made in Uzbekistan" ko'rgazmasi bilan tanishdilar.

Kuvayt vakillari 17-19-oktabr kunlari Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida bo'ladi. Qo'qonda O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumi o'tkaziladi. 

Bundan tashqari, delegatsiya a'zolari 21 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatiga boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101718 | Инструменты