Huawei 1
Nigerda fransuz mustamlakachilik davrida atalgan ko‘cha va maydonlar nomi o‘zgartirildi

Nigerda fransuz mustamlakachilik davrida atalgan ko‘chalar va maydonlar tarixiy Afrika arboblarini sharaflash uchun o‘zgartirildi.

Yoshlar va madaniyat vazirligi qaroriga ko‘ra, poytaxt Niameydagi ko‘plab ko‘cha va maydonlar nomi o‘zgartirildi.

Yoshlar va madaniyat vaziri Amadu Abdurahmonning aytishicha, nafaqat Niamey, balki boshqa shaharlardagi ko‘plab ko‘chalar, maydonlar va xiyobonlar aholiga mustamlakachilik davri azoblarini eslatuvchi nomlarga ega.

Shunday qilib, ilgari Fransiyaning sobiq prezidenti Sharl de Goll nomi bilan atalgan bulvar Niger mustaqilligida muhim rol o‘ynagan Djibo Bakari nomini oldi.

Bundan tashqari, Niameyda fransuz qo'mondoni Parfe-Lui Montelning tosh devoriga o'yilgan portreti olib tashlandi va uning o'rnida Burkina-Fasoning afsonaviy rahbari Tomas Sankara portreti paydo bo'ldi.

Frankofoniya maydoni Burkina-Faso, Niger va Malini birlashtirgan Sahel davlatlari ittifoqining joyi deb o'zgartirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil iyun oyida Nigerda 1961-yilda fransuz bastakori Moris Albert Tiri tomonidan yozilgan La Nigerienne milliy madhiyasi o‘rniga mamlakatning mustamlakachilikka qarshi kurashini aks ettiruvchi “Vatan sharafi uchun” (Pour l'honneur de la Patrie) yangi madhiyasi qabul qilingan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101718 | Инструменты