O'zbekistonning oltita hududiga yangi sudyalar tayinlandi

Sudyalar oliy kengashining bugun, 15-avgust kungi yig‘ilishida ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanish uchun hujjat topshirgan 4 nafar nomzodlar sudyalikka tayinlandi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Xusainov Jamshid Xolmurodovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Aripov A’zam Azizovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi. Shu munosabat bilan Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining quyidagi bitiruvchilari:

Matyakubov Maksad Atanazarovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshku tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Akbarova Bibixon Adxamovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Namangan viloyati Namangan tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

Xajiyev Maqsud Ilxomovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Turdiyev Dilshod Murodovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Navoiy viloyati Uchquduq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga doir

O'zbekistonning bir qator hududlariga 12 nafar nomzod sudyalik lavozimiga tayinlandi

O'zbekistondagi 11 nafar sudya ishidan ozod etilib, yangi lavozimga tayinlandi

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 5 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

O'zbekistonda 6 oy ichida 41 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51117 | Инструменты