O'zMU olimasi AQSH mikrobiologiya jamiyatining O'zbekistondagi elchisi etib tayinlandi
O'zbekiston Milliy universiteti qoshidagi O'zbekiston-Xitoy qo'shma laboratoriyasi rahbari Dilfuza Egamberdiyeva AQSH mikrobiologiya jamiyatining (ASM) O'zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.
Dunyodagi eng qadimgi va eng yirik yagona tabiiy fanlar jamiyati bo'lgan AQSH mikrobiologiya jamiyati (ASM)ning faoliyati mikrobiologiya fanini targ'ib qilish va rivojlantirishga qaratilgan.
Dilfuza Egamberdiyeva Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zMUning Biologiya fakultetini tamomlab, 2000 yilda Berlinning Gumboldt universiteti, Qishloq xo'jaligi va bog'dorchilik fakultetida fan doktori ilmiy darajasini olgan. Fan doktorlikdan keyingi tadqiqotlarini Helsinki, Manchester, Leyden, Florensiya universitetlari hamda Germaniyaning Qishloq xo'jaligi markazida davom ettirgan.
O'zbek olimasining tadqiqotlari o'simlik va tuproq mikrobiomini o'rganishga yo'naltirilgan bo'lib, ayni paytda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlari olimlari bilan hamkorlik qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92401 | Инструменты