Huawei 1
Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali o'tkazildi

Toshkent viloyati Parkent tumanida 23-25-avgust kunlari “Uzum sayli” xalqaro festivali bo'lib o'tdi. 

Тurizm sohasiga bo‘lgan e’tibor sabab, Toshkent viloyatida eko, ziyorat, ekstrimal, tibbiyot, gastronomik turizm yo‘nalishlari bilan bir qatorda agroturizm rivojlanishiga ham keng imkoniyat yaratildi. Birgina o‘tgan besh yilda Viloyatga xorijiy turistlar qariyb 2 barobarga 350 ming nafardan 560 ming nafarga, mahalliy turistlar 5 barobarga 2 mlndan 10 mln nafargacha oshirishga erishildi. Shundan 8%ni agroturizm yo‘nalishida tashrif buyurgan sayyohlar tashkil etadi.

Festival dasturidan qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, vino sanoatining xalqaro brend kompaniyalari ko‘rgazmalari, uzumchilik yo‘nalishidagi xalqaro konferensiya va anjumanlar o‘rin olgan.

Festivalning madaniy qismida esa milliy folklor jamoalari, estrada san’atkorlari chiqishlari, nominatsiyalar bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovlari, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va liboslar hamda xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalari tashkil etildi. 

Festivalda O‘zbekistonda vazirlik va idoralar, uzumchilik va vino sanoatida faoliyat yuritayotgan soha vakillari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan moliyaviy va investitsiya vakolatxonalari, xorijiy davlatlarning elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari vakillari hamda Italiya, Serbiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Singapur, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon kabi 30 dan ortiq davlatlardan olimlar, ekspertlar va sohaning yirik namoyondalari ishtirok etdi. 

Qayd etilishicha, 2023-yilda o‘tkazilgan “Uzum sayli” xalqaro festivaliga 100 mingdan ortiq mahalliy va 1000 dan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu yilgi festivalda esa 400 ming nafar atrofida mahalliy va chet ellik turistlar qatnashgani aytildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91317 | Инструменты