Huawei 1
Poytaxtda belgilangan narxlarni oshirish alomatlari bo'yicha bir qancha dorixonalarga nisbatan ish qo'zg'atildi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga “FAIR TECH” yagona axborot tizimi orqali Toshkent shahrida joylashgan dorixonalar tomonidan dori vositalarini sotishda belgilangan savdo ustamalariga rioya etilmayotganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Murojaatlarga asoslangan holda olib borilgan o‘rganishlar natijasida qator dorixonalar tomonidan savdo ustamalariga rioya etilmagan holda:

“WHOLE PHARM” MCHJ tomonidan dori vositalarini ulgurji sotishda belgilangan savdo ustamalariga amal qilinmagan. O‘rganish natijasida 669 ta holatda, 224 ta korxonadan 32,7 mln so‘m;

“YOUNG PHARM” MCHJ tomonidan chakana va ulgurji savdoda qonunbuzarliklar qayd etildi. Jumladan:

- chakana savdoda 697 ta holatda 2,1 mln so‘m;

- ulgurji savdoda 11 535 ta holatda 239,8 mln so‘m;

“SHIPOVNIK FARM MEDICAL” MCHJ tomonidan chakana savdoda 2 290 ta holatda 299,1 mln so‘m asossiz daromadlar olinganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Raqobat qo‘mitasining Maxsus komissiyasi tomonidan “WHOLE PHARM” MCHJ va “YOUNG PHARM” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, “SHIPOVNIK FARM MEDICAL” MCHJga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish jarayoni davom etmoqda.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida, jami 573 million so‘mdan ortiq asossiz olingan mablag‘larni isteʼmolchilarga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31819 | Инструменты