Toshkent shahridagi Riviera savdo markazida farrosh ayolni lift toshlari bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, 2025-yil 3-fevral kuni soat 11:10 da Olmazor tumani, Chilto‘g‘on MFY hududida joylashgan “Riviera” nomli savdo majmuasida farrosh lavozimida ishlovchi 1979-yilda tug‘ilgan M. Sh. liftni harakatlanish shaxtasidagi shisha oynalarni tozalash jarayonida, shaxtaning burchak qismida turgan vaqtida, lift eshiklari yopilib, lift tepaga qarab harakatlanishni boshlagan vaqtida, liftni harakatga keltiruvchi qismi bo‘lgan toshlar pastga, yaʼni Sh. M. turgan joyga qarab harakatlanib, uni qisib qolishi natijasida vafot etgan.
Aniqlanishicha, Sh. M “Hamkor Temir Savdo” MCHJga qarashli “Riviera” nomli savdo majmuasiga 2020-yilda farrosh lavozimiga ishga qabul qilingan.
Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi aʼzolari chiqishgan. Voqea joyi ko‘zdan kechirilib, voqea tasvirlangan videoyozuvlar bayonnoma asosida olingan, Sh. M. ning vafot etganligi holati bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20415 | Инструменты