Huawei 1
Sotuvchi isteʼmolchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda tovarni topshirmagan taqdirda penya to‘lashi tartibi belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi

Ushbu qonun loyihasi bilan sotuvchi iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda tovarni topshirmagan taqdirda, majburiyatni bajarilmagan qismiga penya to‘lashi nazarda tutilmoqda. Bunda penya summasi yetkazib berilmagan tovarlar bahosidan ortiq bo‘lmasligi, penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan sotuvchi tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmasligi belgilanyapti.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Bundan tashqari, sotuvchi tovarlarni iste’molchiga topshirishning kechikishi iste’molchining aybi bilan sodir bo‘lganligini isbotlasa, penya to‘lashdan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Munozaralar davomida qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan bir qator yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazilgani, ularda deputatlar tomonidan berilgan barcha takliflar chuqur tahlil qilingani qayd etildi. Asosli deb topilgan takliflar hujjat matnida aks ettirilib, loyiha har tomonlama pishiq-puxta holatga keltirilgani va maromiga yetkazilgani ta’kidlandi.

Deputatlarning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholining qonuniy manfaatlarini iste’molchi sifatida huquqlarini himoya qilish va oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotuvchi shartlashilgan muddatda yoki muddatlarda tovarlarni iste’molchiga topshirmasligi kabi holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20416 | Инструменты