Huawei 1
Probatsiya bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berilyapti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida nazorat ostidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi

Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda respublikada ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslar o‘rtasida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi holatlari ortib borayotgani ushbu yo‘nalishdagi huquqiy ta’sir choralarini qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda.

Shuningdek, sud tomonidan belgilangan cheklov va majburiyatlarni bajarmagan probatsiya nazoratidagi shaxslar sodir etgan huquqbuzarliklar holatlari bo‘yicha tez va ta’sirchan choralar ko‘rilishini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berish zarurati yuzaga kelmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilishini ta’minlash hamda ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ya’ni, ichki ishlar organlari nomidan 185-2- va 187-moddalari bo‘yicha probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish vakolati probatsiya xizmatining katta inspektoriga berilyapti.

Deputatlarning aytishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi kelgusida probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish va ularga nisbatan qo‘llanilgan ta’sir choralarining natijadorligi oshishiga olib keladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91713 | Инструменты