8-yanvar kuni tushdan so‘ng Qamchiq dovonidagi zaxira yo‘lning taqiqlangan qismiga qorda uchish uchun sayohat qilgan guruh bilan fojia yuz berdi. Guruhda jami 8 kishi bo‘lgan, ulardan biri – 31 yoshli fuqaro yo‘lning chetroq qismida selfi qilayotgan vaqtda yiqilib tushgan. Yordam bermoqchi bo‘lgan yana bir sherigi uning oldiga tushgach, ularning ustidan bir necha metrlik qor uyumi bosib qolgan. Natijada fuqarolar vafot etgan.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, Qamchiq dovonida ikki kishi halok bo‘lganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Marhumlarning (1993-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan ikki nafar erkak) o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11002 | Инструменты