Huawei 1
“Qamchiq”da “Mercedes-Benz” haydovchisi to‘xtatilib tekshirilganda giyohvandlik vositasi topildi

2024 yil 3 oktyabr kuni soat 21:30larda “Chinor” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelgan “Mercedes-Benz” rusumli avtomobil to‘xtatilganda, ushbu avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A.M. turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida A.M.ga tegishli sumka ichidan o‘tkir hidli, jigarrangli ko‘rinishidan giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan.

Holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, topilgan modda hamda fuqaro A.M. Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlariga topshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты