Huawei 1
Harris uning prezidentligi Baydennikidan boshqacha bo'lishiga va'da berdi

AQSH prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod vitse-prezident Kamala Harris agar saylovda g‘alaba qozonsa, uning prezidentligi Oq uyning amaldagi rahbarinikidan farq qilishini aytdi.

“Ochig‘ini aytaman, mening prezidentligim Jo Bayden prezidentligining davomi bo‘lmaydi. Vazifaga kelgan har bir yangi prezident singari men ham o‘zim bilan hayotim va professional tajribam hamda yangi g‘oyalarimni olib kelaman”, dedi Harris.

Vitse-prezidentning qo‘shimcha qilishicha, uni Baydendan ajratib turadigan jihati shundaki, u “karyerasining ko‘p qismini Vashingtondan tashqarida o‘tkazgan”. Harris o‘zini “yangi avlodi rahbari” deb hisoblaydi.

Respublikachi Donald Trampning saylovoldi tashviqoti matbuot kotibi Karolina Livitt Harrisning intervyusini sharhlar ekan, uchrashuvni falokat deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kamala Harris “javoblari yo‘qligi sababli” savollarning birortasiga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri javob bera olmagan.

Avvalroq Amerika OAV saylovlar arafasida Bayden va Harris jamoalari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani haqida yozgan edi. Axios portaliga ko‘ra, Bayden Harrisning saylovoldi tadbirlarida ishtirok etishni nafaqat sog‘lig‘i sababli, balki past reytinglarni ham hisobga olgan holda to‘xtatgan.

AQSHda prezidentlik saylovlari joriy yilning 5-noyabriga belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101814 | Инструменты