Qashqadaryo viloyati hokimining ikki o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Xabarga ko'ra, Murodjon Azimovning o‘rinbosari Rustam Yuldoshev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Anvar Qobilov tayinlandi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyati filiali rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Akbar Eshonqulov ham vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Murodulla Azizov tayinlandi. U tayinlovga qadar "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati tijorat departamenti boshlig‘i o‘rinbosari - marketing bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shu bilan birga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdagi kamchiliklari uchun Chiroqchi tumani hokimiga “hayfsan” jazosi e’lon qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121306 | Инструменты