Huawei 1
Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlagan ayol 7,5 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 14 yoshli qizni 7 oy davomida majburan saqlab kelib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan ayolga qonuniy chora ko‘rildi, deb xabar bermoqda bolalar ombudsmani.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Joriy yilning 8 aprel kuni sud sudlanuvchilarni aybli deb topgan.

Jumladan, sudlanuvchi ayol N.A. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining “a”,“g” bandlari (Odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shuningdek, sudlanuvchilar A.F. (erkak) va Sh.U. (erkak) Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismining “a” bandi (Nomusga tegish), 135-moddasi 3-qismining “a“,“g” bandlari (Odam savdosi), 127-moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan aybli deb topilib, ularga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan.

Mazkur hukm yuzasidan sudlanuvchilar tomonidan apellyatsiya tartibida berilgan shikoyat Qashqadaryo viloyati sudi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan va birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

“Voyaga yetmagan jabrlanuvchi Ch.T.ga jinoyat ishi yurituvi davomida va hozirda Bolalar ombudsmani va tegishli tashkilotlar tomonidan zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты