Huawei 1
Qashqadaryoda 16 yoshli yigit o'zini osib qo'ydi

Qashqadaryoda 16 yoshli yigit o'zini osib qo'ydi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, 31-mart kuni Qarshi shahar, “Qavali” MFY, Qavali ko‘chasi, 55-uyda yashagan R.F. yashash uyining oshxonasida gaz trubasiga arqondan sirtmoq yasab o‘zini o‘zi osib, vafot etgan.

Voyaga yetmagan F.R.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Sud tibbiy ekspertizasining birlamchi maʼlumotnomasida, F.R.ning o‘limi yuqori nafas yo‘llarining sirtmoq bilan qisilishidan keyingi mexanik asfiksiya natijasida kelib chiqqanligi, bo‘yin sohasidagi strangulyatsion egat shilinmasidan tashqari boshqa jarohatlari mavjud emasligi aniqlanganligi ko‘rsatilgan.

Hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokurorining yordamchisi T.Safarov tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va nazoratga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101003 | Инструменты