Huawei 1
Qashqadaryoda 47 marotaba yoʻl qoidasini buzgan fuqaro mashinasidan ayrildi

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari tomonidan yoʻl harakati qoidalarini koʻp marotaba buzib, jarimalarni toʻlamasdan kelayotgan fuqarolardan qarzdorliklarni undirish ishlari jadal olib borilmoqda.

Davlat ijrochilari tomonidan fuqarolarning qarzdorliklari undirilib, toʻlashdan bosh tortgan fuqarolarning avtotransport vositalari xatlanmoqda.

Jumladan, Byuroning Shaxrisabz shahar boʻlimi tomonidan qarzdor K.Xalilovdan jami 47 ta 17 mln 900 ming soʻmlik maʼmuriy jarimasini undirishga oid ijro hujjati bo'yicha qarzdorga tegishli Nexia-3 rusumli avtomashinasi xatlandi va boʻlim binosiga olib kelindi.

Byuroning Yakkabogʻ tuman boʻlimi xodimlari tomonidan 15 ta maʼmuriy jarimani toʻlamagan qarzdor H.Ahmedovning qarzdorligi evaziga mashinasi xatlangan boʻlsa, ukasi H.Ahmedov esa oʻzining 15 ta jarimasi uchun 6 mln 300 ming soʻm toʻlab berdi.

Shuningdek, Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro S.Jumaboyev 27 marotaba qoida buzib, unga nisbatan qoʻllanilgan 11 mln. 694 ming soʻm qarzdorlikni toʻlamasdan kelgan. Byuroning Chiroqchi tuman boʻlimi xodimlarining ijro harakatlari natijasida qarzdorlik bir kunda undirildi. Shu tumanda yashovchi A.Yuldashevning ham 12 ta maʼmuriy jarimasi uchun 10 mln. 340 ming soʻm qarzdorlik undirildi.

Shuningdek, kosonlik Sh.Saidov va T.Babatovlar ham oʻzlarining 12 tadan jarimalarini ijro harakatlari davomida toʻlab berishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110806 | Инструменты