Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “SH.K.” MCHJ va “O” MCHJ masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 588,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.T.” xususiy korxonasi masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 106,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10616 | Инструменты