Huawei 1
Qashqadaryoda mobil poliklinikalar xizmati yo‘lga qo‘yiladi, ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi negizida 600 o‘rinli zamonaviy klinika tashkil qilinadi

Yig‘ilishda viloyat yoshlari bilan ishlash masalasi ham muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda viloyatda yangi paydo bo‘lgan elektrotexnika, oziq-ovqat va qurilish materiallari kabi sohalar uchun kadrlar tayyorlash yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Qarshi shahridan tashqari boshqa birorta tumanda IT markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan. Vaholanki, 60 ta kollejda bo‘sh turgan 28 ming kvadrat metr maydonda ham ishlab chiqarish, ham amaliy ta’limni yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi.

Ana shunday bo‘sh turgan bino negizida kitoblik tadbirkor IT klaster va universitet ochish tashabbusi bilan chiqqan. Prezident bu taklifni ma’qulladi.

Viloyat va tuman hokimlariga har bir tumandagi ish beruvchilarning o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga ehtiyojini aniqlash, kollej va texnikumlar yil davomida qaysi kasb bo‘yicha nechta mutaxassis tayyorlashi lozimligini belgilab berish hamda ta’lim muassasalarida ish beruvchilarning amaliy ustaxonasi va sexlarini ochish topshirildi.

Bu ishlarga 30 milliard so‘m ajratiladi.

Voha aholisining 42 foizida ortiqcha vazn muammosi sabab yurak qon-tomir va qandli diabet kasalligi ko‘paygan.

Prezidentimiz bu holatdan tashvish bildirib, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirish va viloyatda sog‘liqni saqlash tizimi salohiyatini oshirish zarurligini ta’kidladi. Jumladan, qo‘shimcha ravishda rossiyalik hamkorlar bilan Kitobda zamonaviy kardiologiya markazini barpo etish topshirildi.

Viloyatda mobil poliklinikalar xizmati yo‘lga qo‘yiladi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi negizida 600 o‘rinli zamonaviy klinika tashkil qilinadi.

Yig‘ilish davomida Qashqadaryoda investisiya, sanoat, turizm, qishloq va suv xo‘jaligi hamda ijtimoiy sohada belgilab olingan asosiy vazifalar yuzasidan viloyat hokimi va boshqa mutasaddilarning rejalari tinglandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21117 | Инструменты