Huawei 1
Qashqadaryoda o‘smir qiz o‘z otasi tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchraganligi haqida xabarlar tarqaldi

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘smir qiz o‘z otasi tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchraganligi haqida gapirayotganligi aks etgan video kelib tushdi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Qizning murojaatiga ko'ra, 2008-yilda tug‘ilgan M.Sh. (qiz bola) va 2010-yilda tug‘ilgan N.Sh. (qiz bola) larning onasi 2018-yilda vafot etgan. Qiz оnasining o‘limidan so‘ng, otasi N.R. unga nisbatan turli uyatsiz-buzuq harakatlar, shilqimliklar qilib, bir necha yil davomida muttasil kaltaklab ham kelganligi, turli haqoratlar bilan uning sha’ni-qadr qimmatini poymol qilganligini bildirgan.

M.Sh. va N.Sh. bir necha marotaba uydan chiqib ketganligi sababli buvisi N.L. nevaralari bedarak yoqolgani haqida bergan arizasiga ko'ra hamda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh. larning otasi N.R. ning harakatlariga huquqiy baho berish uchun mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

Hozirda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh. lar ijtimoiy-huquqiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lganligi sababli, Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan va ularga zaruriy ko’mak ko’rsatilmoqda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110721 | Инструменты