Huawei 1
Qashqadaryoda surxondaryolik haydovchilar toshbo‘ron qilingani haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qashqadaryolik haydovchilar surxondaryolik haydovchilarni toshbo‘ron qildi" mazmunida xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2-fevral kuni soat 23:31 da Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro M. X Qashqadaryo viloyati 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, Surxondaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga DAF rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida qatnov yo‘lining G‘uzor tumani “Apardi” MFY hududidan o‘tayotgan vaqtida nomaʼlum shaxslar tomonidan tosh otilishi natijasida avtomashinasining old oynasi singanligini maʼlum qilgan.

Ushbu holat yuzasidan voqea joyiga profilaktika inspektori yetib borgan. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21101 | Инструменты