Maʼlum qilinishicha, Turkiya va O‘zbekiston IIV hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2024 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol fuqaro I.B. Istanbul shahrida qo‘lga olingan. Natijada fuqaro Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilingan.
"Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi IIV yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi",- deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты