Huawei 1
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2020-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o'rmon va baliq xo'jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 97,2 trillion so'mni tashkil etgan.

2020-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o'rmon va baliq xo'jaliklari bo'yicha mahsulotlar yetishtirishda qaysi hududlar yetakchilik qildi?

- Qashqadaryoda eng ko'p donli ekinlar yetishtirilgan (619,2 ming tonna mahsulot).
- Andijonda eng ko'p sabzavotlar yetishtirilgan (544,3 ming tonna).
- Samarqandda eng ko'p kartoshka yetishtirilgan (285,4 ming tonna).
- Surxondaryoda eng ko'p poliz ekinlari yetishtirilgan (54,9 ming tonna).
- Andijonda eng ko'p meva va rezavorlar yetishtirilgan (233,4 ming tonna).
- Surxondaryoda eng ko'p uzum yetishtirilgan (12,6 tonna).
- Toshkent viloyatida eng ko'p go'sht (tirik vaznda) yetishtirilgan (141,7 ming tonna).
- Samarqandda eng ko'p – 615,7 ming tonna sut olingan.
 - Toshkent viloyatida eng ko'p – 635,5 million dona tuxum olingan.
- Xorazmda eng ko'p – 5607 tonna baliq ovlangan.
- Qashqadaryoda 1562,8 ming bosh yirik shoxli qoramol bor.
- Qashqadaryoda 4589 ming bosh qo'y va echkilar bor.
- Toshkent viloyatida eng ko'p – 50253 bosh otlar bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga