“Qo'qon” EIZ hududi kengaytiriladi

 “Qo'qon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko'ra, Farg'ona viloyatida import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga “Qo'qon” erkin iqtisodiy zonasi (“Qo'qon” EIZ) hududi kengaytiriladi.

“Qo'qon” EIZning kengaytirilayotgan hududining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bunda:

- “Qo'qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi;

- bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo'yicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga ko'ra aniqlanadi.

2026-yil oxirigacha “Qo'qon” EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiyalar o'zlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilishi, yiliga 965 mln AQSH dollari miqdorida qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarish, shundan 313,6 mln dollarini eksportga yo'naltirish bo'yicha quvvatlar ishga tushirilishi ta'minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71923 | Инструменты