Huawei 1
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik ikki jiyaniga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak ushlandi

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik ikki voyaga yetmagan jiyaniga uyatsiz buzuq harakatlar qilgan erkak ushlandi, deya xabar qildi Bolalar ombudsmani.

Ma’lum qilinishicha, 6-iyun kuni bolalar ombudsmaniga 2000-yilda tug‘ilgan ayol A.A.dan murojaat kelib tushgan. Unda onasi va otasi vafot etgani, u 2006-yilda tug‘ilgan I.A. va 2012-yilda tug‘ilgan S.R. ismli singillari uchun eng yaqin qarindosh bo‘lsa-da, qizlar amakisi R.R.ning vasiyligiga berilganini, amakisi esa qizlarni Qozog‘istonga o‘z yashash manziliga olib ketgani, hozirda ularga uyatsiz buzuq harakatlar qilayotganini bildirgan.

Ayol o‘z singillariga jinsiy zo‘ravonlik sodir etayotgan amakisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni hamda singillarini O‘zbekistonga qaytarish hamda eng yaqin qarindosh ekanligi sababli qizlarga uni qonuniy vakil etib tayinlanishida amaliy yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmanining IIVga va TIV orqali O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsuliga yuborgan so‘rovi asosida idoralarning tizimli va o‘zaro tezkor choralari natijasida 8-iyun kuni I.A. va S.R. amakisining uyidan politsiya va vasiylik organi tomonidan olib ketilib, murakkab ijtimoiy vaziyatlarga tushib qolgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash Olmaota shahri adaptatsiya markaziga joylashtirildi. Hozirda qizlarga barcha zaruriy ijtimoiy-psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulining tezkor choralari natijasida Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan A.A. protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksi 121-moddasi, 3-1 qismi, 1-bandi (jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

17-iyun kuni sud tomonidan R.R.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, Bolalar ombudsmani, IIV va TIV tomonidan voyaga yetmagan I.A. va S.R.ga nisbatan vasiy tayinlash va (tergov yakunidan so‘ng) O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92809 | Инструменты