2025-yil 1-mart holatiga soliq qarzi 100 mln so'mdan yuqori qurilish korxonalari 1 091 ta, ularning jami qarzi 1,1 trln so'mdan ko'p. Shundan 506,1 mlrd so‘mi, ya'ni 42,7%i soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:
- Toshkent shahri – 441 mlrd so‘m;
- Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI – 237,4 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati – 92,5 mlrd so‘m.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31617 | Инструменты