Huawei 1
Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan 30 dan ortiq korxonaga tegishli ta'sir chorasi qo'llanildi

Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning yanvar va fevral oylari davomida reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.

Olib borilgan o‘rganish natijalariga muvofiq, hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 30 dan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarga

Misol uchun:

- “COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON LTD” MCHJ XK,

- “INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT” MCHJ XK (PEPSI),

- “MAK FOOD SERVIS” MCHJ,

- “LUMIERI” MCHJ,

- “TURAN MEDIA” MCHJ,

- “OQTEPA FOOD SERVICE” MCHJ,

- “BARATRUM” MCHJ (SAFIA)

nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibi buzilishi yuzasidan ishlar qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekistonning 4 ta hududida umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan tegishli choralar ko'rilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30415 | Инструменты