Huawei 1
Rossiyadagi YTHda O‘zbekistonning bir fuqarosi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi

16 aprel kuni Rossiyaning Saratov viloyati Dergachevskiy tumanida o‘zbekistonliklar ishtirokida YTH ro‘y berdi, deb xabar bermoqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi.

Hodisa soat 01:10 da viloyatning Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir bo‘lgan. Lada Largus avtomashinasida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari va trassada turgan, Volvo shatakchisi tarkibidagi Autogalantas yuk avtoulovi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

Oqibatda 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi — yo‘lovchi, 1987 yilda tug‘ilgan K.F.Z. voqea joyida vafot etgan. 5 nafar o‘zbekistonlik (1968 yilda tug‘ilgan haydovchi, shuningdek, yo‘lovchilar — 2005 va 1991 yillarda tug‘ilgan erkaklar, 1980 va 2002 yillarda tug‘ilgan ayollar) turli jarohatlar bilan tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.

Davlat avtoinspeksiyasining Saratov viloyati boshqarmasi to‘qnashuvdan so‘ng yengil avtomobil yonib ketganini ochiqladi.

Holat Bosh konsulxona nazoratida. Vafot etgan fuqaroning jasadini vatanga qaytarish ishlari boshlangan, jabrlanganlarga tibbiy muolaja ko‘rsatilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62616 | Инструменты