Huawei 1
Samarqandda 6,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

“Oʻzenergoinspeksiya” Samarqand hududiy boshqarmasi va “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarda Samarqand tumanida joylashgan “D.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasining manifold qurilmasiga tashqi taʼsir oʻtkazilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 6,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101720 | Инструменты