Huawei 1
Samarqandda sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQSHga nisbatan chora ko‘rildi

“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va Raqobat qo‘mitasining viloyat boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jomboy tumanida joylashgan “H.O.” MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-95 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Shuningdek, aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkent va Samarqand viloyatida sifatsiz benzin sotgan AYOQShlarga chora ko'rilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40105 | Инструменты