Huawei 1
Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

—  ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;

—  davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;

—  kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o'zlashtirish va joriy qilish;

—  kompetensiyalarni baholash natijalari asosida  rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;

—  rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo'yicha test sinovlarini hamda psixologik so'rovnomalar o'tkazish;

—  rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo'lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo'yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish;

—  faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123019 | Инструменты