Huawei 1
Reimbursatsiya dasturi asosida berilgan dorilarning qiymati budjetdan qoplab beriladi

Hukumat Qarori (619-son, 02.10.2024 y.) bilan Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo'yicha reimbursatsiya dasturi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan bemorlarni ambulator sharoitda davolanishi uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalari qiymatini Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplash (reimbursatsiya) tartibi belgilandi.

Reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlash Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi bilan shartnoma qilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tomonidan amalga oshiriladi.

Elektron retsept tibbiy axborot tizimida shifokor tomonidan bemor uchun rasmiylashtiriladi. Elektron retseptda har bir tashxis bo'yicha uchtagacha dori vositasi ko'rsatilishi mumkin.

Elektron retseptning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab 7 kalendar kunni tashkil qiladi.

Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept o'rnatilgan tartibda tasdiqlangandan so'ng axborot dasturi orqali Jamg'arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi.

Reimbursatsiya dasturi doirasida ishtirok etuvchi dorixonalarning berilgan dori vositalari bo'yicha sarf-xarajatlar mazkur dorilarning narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida Jamg'arma tomonidan to'lab beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100521 | Инструменты